Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti tergov boshqarmasida 1 oy ilgari sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda, deb yozmoqda “Kazinform”.
29-may kuni Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 718-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
“Audi haydovchisi piyodani urib yuborgan. Piyoda — Osiyo millatlaridan biriga mansub, taxminan 35-40 yoshlardagi ayol voqea joyida jon bergan. Halokat sodir bo‘lgan vaqtda ayol qizil rangli sport kiyimi, qora shim va poshnali qizil tuflida bo‘lgan”, — deya tergov xodimlari xabar bergan. Ayolning belgilari: bo‘yi — taxminan 160-165 santimetr, o‘rtacha tana tuzilishiga ega. Ko‘zlari jigarrang, sochi qora, kalta qirqilgan.
Politsiya ayol shaxsini aniqlashda yordam berishni so‘raydi.
Izoh (0)