Toshkent halqa avtomobil yo‘lida, O‘rikzor bozori va Nazarbek oralig‘ida 19-iyun, seshanba kuni elektr uzatish liniyasi ustuni quladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Guvohlarga ko‘ra, bunga yaqinda ro‘y bergan avtomobilning ustunga kuchli zarb bilan borib tekkani sabab bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng ustunda shikastlanishlar paydo bo‘lgan.
Shu bilan birga, ustunning qulashi poytaxtda kuchli shamol kuzatilgan paytga ham to‘g‘ri keldi.Liniyaning ikkinchi ustuni ham jiddiy shikastlandi va uning bir qismi havoda osilib qoldi.
Voqea sodir bo‘lgan vaqt qurilmaga yaqin hududlar elektr ta’minotidan mahrum bo‘ldi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
https://youtu.be/AoU_ExSAV9k
Izoh (0)