18-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida fuqaro I.E. “O‘zbekiston” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Obizarang daryosi ustidagi temir yo‘l ko‘prigidan o‘tayotib pastga yiqildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
I.E. hodisa oqibatida jarohat olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Surishtiruvlar natijasida Termiz shahrida yashagan marhum shu kuni mast holatda bo‘lgani va ehtiyotsizligi oqibatida yiqilgani aniqlandi.
Izoh (0)