Joriy yil 4-may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yashovchi A.A. tuman MIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shikoyatchiga ko‘ra, 2018-yil mart oyi oxirlarida “Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari” korxonasi yuristi, muqaddam sudlangan S.O. uning uyiga kelib, sarf qilingan elektr energiyasi qarzdorligini kamaytirib berishini va’da qiladi.
U mijozdan 150 000 so‘m olib, shu kungacha bergan va’dasini bajarmay kelgan. S. O. qo‘lga olindi.
Izoh (0)