Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avstraliyada sayyoradagi eng keksa Sumatra orangutani vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hayvon 62 yoshda bo‘lgan.

Foto: BBC

Foto: BBC

Puan laqabli urg‘ochi maymun yosh bilan bog‘liq kasallik sababli evtanaziya qilingan, ya’ni maxsus vositalar yordamida o‘ldirilgan. Pert hayvonot bog‘i xodimlari maymunga 1968-yildan buyon g‘amxo‘rlik qilgan. U o‘zidan keyin 54 ta avlod qoldirgan.

Puan 2016-yilda rasman sayyoradagi eng keksa orangutan deb tan olingan. Bu haqdagi yozuv Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilgan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Puan 1956-yilda Indoneziyadagi Sumatra junglisida tug‘ilgan. Uning avlodlari AQSh, Yevropa va sayyoraning boshqa joylarida yashaydi. Ularning ba’zilari yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yerda 14,6 mingta Sumatra orangutani qolgan. Yovvoyi tabiatda kamdan-kam hollarda ular 50 yoshgacha yashaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi