Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qarorga asosan, korxona o‘rmon xo‘jaligi sohasida ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantirish, shuningdek, elektron xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, korxonaga o‘rmon fondi yerlarini monitoring qilishda dronlar bilan ishlashni tatbiq qilish topshirilgan.
“O‘rmontexnoservis” xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari asosida moliyalashtiriladi.
Korxona boshqaruvi xodimlarining soni 20 nafardan iborat bo‘lishi belgilangan.
Izoh (0)