Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Maishiy texnika xaridi — mas’uliyatli ish, sababi ancha xarajatlar bilan bog‘liq. Tadqiqotlar natijasida texnikani sotib olishning bir nechta asosiy sababi aniqlandi.

• Yangi oila yuzaga kelishi va barcha zarur narsalar bilan ta’minlash ehtiyoji;• Ma’naviy eskirgan texnikaning yangilanishi;• Mavjud texnikaning buzilishi va uni o‘zgartirish ehtiyoji;• Badiiy ehtiyoj, yangi chiqqaniga o‘zgartirish.

Sababi qanday bo‘lmasin, tanlovga puxtalik bilan yondashish lozim.

Mazkur maqolada Hitachi brendi misolida sovitgich tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

XX asr boshlarida asos solingan hamda dunyo e’tirofi va muvaffaqiyatini qozongan kompaniya hozirgi vaqtda texnologik uskuna ishlab chiqarish sohasida jahonning ilg‘or ishlab chiqaruvchilaridan birining o‘rnini egallagan. Hitachi nomi so‘zma-so‘z tarjima qilinganida “tong” degan ma’noni bildirib, kompaniyaning asosiy falsafasi — insonlarga va jamiyatga o‘z texnologiyalari orqali yordam ko‘rsatishni ifodalaydi. Oila a’zolari sonidan kelib chiqib sovitgich hajmini aniqlaganingizdan keyin, quyidagilarga e’tibor bering:

1. Zamonaviy energotejamkor texnologiyalarning energetik samaradorligi va qo‘llanilish kengligi;2. Sovitish, havo oqimlarini taqsimlash tizimi va eritish usuli;3. Muzlatish bo‘lma (kamera)sining joylashuvi;4. Ergonomiklik va turli mahsulotlar saqlanishi uchun bo‘lmalar, tokchalardan foydalanish qulayligi;5. Korpus materiali;6. Elektron boshqaruv, bakteriyalarga qarshi qoplama yoki filtrlar, namlikning muayyan darajasini saqlash kabi qo‘shimcha funksiyalar.

Energetik samaradorlik ko‘p ko‘rsatkichlarga bog‘liq, lekin unga eng avvalo sovitgich yuragi bo‘lgan kompressorda invertor texnologiyasi qo‘llanilishi hisobidan erishiladi, shuningdek:

• Innovatsion issiqlik saqlovchi yechimlar va materiallar;• Ko‘p energiya iste’mol qilmasdan eng maqbul sovitish uchun muhim bo‘lgan sovituvchi havo oqimlarining oqilona taqsimoti.

Bugungi kunda aksariyat ishlab chiqaruvchilar sovitgichlarni invertorli kompressorlar bilan jihozlashadi, ammo aynan Hitachi kompaniyasi kuchli va ixcham kompressorlar ishlab chiqarilishidagi dunyo bo‘yicha tan olingan yetakchilardan biri hisoblanadi.

Hitachi sovitgichlar seriyasi 3 ta innovatsion texnologiyalar birikmasi bilan jihozlangan: ixcham va kuchli invertorli kompressor, Dual Fan Cooling tizimi, sovitgich va muzlatish bo‘lmasi uchun alohida ventilyatorlar, shuningdek, vakuumli issiqlik saqlovchi panellar qo‘llanilgan innovatsion issiqlik saqlovchi tizim. Dual Fan Cooling sovitish bo‘lmasi va sovitgichning bo‘lmalarini mustaqil sovitish imkonini beradiki, bitta ventilyator bilan buning iloji bo‘lmas edi. Bu esa energiyani tejaydi, moslama kamroq shovqin bilan ishlaydi, buzilish xavfi kamayadi, bular o‘z navbatida bunday moslamani yanada foydaliroq va qulayroq qiladi.

1 santimetr qalinlikdagi vakuumli saqlovchi panellar sovitgichlar uchun mo‘ljallangan issiqlik saqlovchi keng tarqalgan material hisoblanadigan penopoliuretenning 11 santimetr qalinlikdagisi kabi issiqlik saqlash xususiyatlarga ega.

Ushbu 3 ta texnologiyalarning birikmasi tufayli, Hitachi sovitgichlari, balki bu sinfdagi mahsulotlar orasida eng energosamaradori hisoblanadi.

Muzlatish bo‘lmasining pastda joylashganligi ancha qulay, sababi, ushbu bo‘lma sovitish bo‘lmasiga qaraganda ancha kam ishlatiladi. Bu shuni bildiradiki, ortiqcha engashib o‘tirish shart emas va kerakli mahsulotlarni tezda topsa bo‘ladi.

Tokchalardan foydalanish qulayligi obdon o‘ylab chiqilgan ergonomika bilan ta’minlangan.

Eshiklarning (tokchalarning emas!) shishadan qilinganligi nafaqat texnikaning yetakchi sinfiga mansubligini bildiruvchi juda badiiy ko‘rinishga ega, balki tirnalish va rangi uchish kabi nuqsonlarni ham istisno qiladi.

Ichiga o‘rnatilgan protsessor va elektron boshqaruv foydalanishga qulayligidan tashqari energiyaning eng kam sarfi bilan eng yuqori unumdorlikka erishishni ta’minlaydi.

Nanotitan filtr — bu mahsulotlar buzilishining oldini oluvchi kuchli bakteriyalarga qarshi, mog‘orga qarshi va badbo‘y hidni yo‘qotuvchi samarani ta’minlash uchun TiO2 takomillashtirilgan katalizator qo‘llanilgan texnologiya hisoblanadi.

Do‘konlar manzillari to‘g‘risidagi ma’lumot uchun telefon: +998 (71) 207-10-01.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi