Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M. 19-iyun kuni Xupkalak qishlog‘idan oqib o‘tuvchi zovurda cho‘milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ularning jasadi suvdan topib olindi.
“Cho‘milish joylariga boradigan bo‘lsangiz, xavfsizlik choralarini ko‘ring. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Yosh bolalaringizni cho‘milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang”, deyiladi IIV xabarida
Izoh (0)