Yevropa Ittifoqi kengashi Qrimga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yil, 2019-yilning 23-iyuniga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tegishli qaror Yevropa Ittifoqining 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili qabul qilgan deklaratsiyada Yevropa Ittifoqi “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi” ta’kidlanadi.
Yevropa Ittifoqi Qrim Rossiyaga qo‘shilgandan so‘ng 2014-yilning iyunida unga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Sanksiyalarning amal qilishi har yili uzaytirib kelingan.
Izoh (0)