19-iyun, seshanba kuni Xorazm viloyatining Urganch shahridagi Urganch markaziy dehqon bozorida yong‘in yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Yong‘in natijasida bozorning yopiq pavilyonidagi savdo rastalarining 200 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rdi. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari boshlangan bo‘lib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)