Xitoyda avtobus haydovchisi hushini yo‘qotgan va yo‘lovchilardan biri transport boshqaruvini qo‘lga olib hamrohlarini qutqarib qolgan. Voqea aks etgan video Global Times’ning Twitter’dagi sahifasida taqdim qilingan.
Voqea Chjeszyan viloyati Venchjou shahrida yuz bergan. Avariya sodir bo‘lishiga qadar haydovchi 17 soat davomida transportni boshqargan. 30 nafar yo‘lovchining ko‘pchiligi esa bu vaqtda uxlayotgan bo‘lgan. Haydovchi hushini yo‘qotganida avtobus ruli boshqa tomonga aylanib ketgan. Ikki nafar yo‘lovchi buni sezib qolgan. Ular haydovchi kabinasiga yugurib kirgan. Yo‘lovchilardan biri boshqaruvni qo‘lga olgan va avtobusni yo‘l chetiga burib to‘xtatgan. Yo‘lovchilar “Tez yordam” chaqirtirgan.
Voqea oqibatida yo‘lovchilar jabr ko‘rmagan. Haydovchi shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar uning sog‘lig‘iga nisbatan hech qanday xavf yo‘qligi haqida xabar qilgan.
Timely rescue: A passenger saved nearly 30 lives by taking over the steering wheel of a speeding coach after finding its driver suffering from a sudden stroke. All passengers are safe and the driver is now in stable condition. pic.twitter.com/okN5jBAjcL
— Global Times (@globaltimesnews) June 18, 2018
Izoh (0)