O‘zbekistondagi KFC restoranlarida alkogol sotilishi ko‘zda tutilmagan. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Shuningdek, spirtli ichimliklarni o‘zi bilan birga olib kelish ham mumkin emas.
KFC taomlari va ichimliklarini tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlarning barchasi “halol” standartida bo‘lishi bildirilmoqda.
Muassasalarning ochilish sanasi hozircha ma’lum emas, biroq kompaniya vakillari birinchi galda uch joyda — Toshkent shahridagi “Chilonzor” va “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatlari yaqinida, shuningdek, Vestminster universiteti qarshisida restoranlar faoliyat boshlashini rejalashtirmoqda.
Kompaniya O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini Ramazon hayiti bilan ham tabrikladi.
Izoh (0)