FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Shvetsiya terma jamoasi a’zosi Andreas Grankvist Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Shvetsiya—Janubiy Koreya uchrashuvi shvedlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limi 65-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Joel Aguilar VAR (hakamning videtakrorlar yordamchisi) tizimi yordamida koreyslar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Grankvist aniq amalga oshirib, Kim Sin Gyu darvozasini ishg‘ol etdi.
Shu tariqa Shvetsiya o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi.
Izoh (0)