Fotogalereya: Dunyodagi odamlar ko‘p to‘planadigan joylar
Dunyoning turli nuqtalarida odamlar ommaviy ravishda to‘planadigan maskanlar va muassasalar mavjud. AdMe ana shunday joylarga e’tibor qaratdi.
“O‘lik dengiz”, Xitoy
Xitoydagi eng katta suv havzasining maydoni uch gektarga teng. U tuzilishi va tarkibi jihatdan haqiqiy dengizga yaqinlashtirilgan. Unda bir vaqtning o‘zida o‘n ming kishi cho‘milgan.
Foto: AdMe
Toj-Mahal, Hindiston
Zamonaviy yetti mo‘jizadan biriga har yili 7—8 million kishi tashrif buyuradi.
Foto: AdMe
Buyuk Xitoy devori, Xitoy
Dunyodagi eng ommabop yodgorliklardan biri bo‘lgan Buyuk Xitoy devoriga bir yilda 10 milliongacha sayyoh tashrif buyuradi.
Foto: AdMe
Pyatssa-del-Kampo, Italiya
Har yili bo‘lib o‘tadigan o‘ziga xos tadbir vaqtida maydon atrofida 60 ming kishi yig‘iladi.
Foto: AdMe
Tokio metrosi, Yaponiya
Tokio metrosining Sindzyuko bekati o‘zining gavjumligi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Bekat bir kunda uch million yo‘lovchini o‘tkazish quvvatiga ega. Aynan shu bekatda yo‘lovchilarni vagonga surib kirituvchi va ularning yuklari eshik orasiga qisilib qolmasligini nazorat qiluvchi lavozimi joriy qilingan.
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Iso haykali, Braziliya
Dunyoning yangi yetti mo‘jizasidan biri bo‘lgan Rio-de-Janeyrodagi haykali ko‘rish uchun sayyohlik mavsumida kuniga 3—4 ming kishi tashrif buyuradi.
Foto: AdMe
Chichen-Itsa, Meksika
Meksikadagi qadimiy piramidaga bir yilda 2,6 million sayyoh tashrif buyuradi.
Foto: AdMe
Santa-Kruz-del-Islote, Kolumbiya
Kolumbiyaning mazkur oroli dunyodagi aholi eng zich yashaydigan orol hisoblanadi. Futbol maydoniga teng orolda 1,2 ming kishi joylashgan.
Foto: AdMe
Mall of America savdo markazi, AQSh
AQShdagi eng katta savdo markaziga bir yilda 40 million kishi tashrif buyuradi, ularning uchdan bir qismini xorijliklar tashkil qiladi.
Foto: AdMe
Monkok, Xitoy
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan mazkur daha Xitoyning aholi eng zich yashaydigan hududi hisoblanadi. Unda bir kvadrat kilometr maydonga 130 ming kishi to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)