Sariq dengizda ko‘tarilgan kuchli shamol oqibatida Xitoyning Sindao shahrida dengiz jonzotlari (sakkizoyoq, dengiz yulduzi, qisqichbaqa) yomg‘iri yog‘gan, deb xabar beradi Daily Mail.
Ushbu hodisa tasvirlangan video YouTube’ga joylangan.
Xitoy meteorologlari ma’lum qilishicha, quruqlikka juda ko‘p dengiz jonzotlari chiqib qolgan va ular kuchli shamol oqibatida suvdan bir necha yuz metr uzoqlikka tushib qolishlari ham mumkin.
Bu anamal hodisa 2017-yil Meksikaning Tampiko shahrida ham yuz bergan. O‘shanda yomg‘ir blan birga kichik baliqlar osmondan yog‘gan.
Izoh (0)