FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich Nigeriya qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Xorvatiya—Nigeriya uchrashuvi xorvatlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Luka Modrich esa ikkinchi bo‘limda penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Bu g‘alabadan so‘ng Xorvatiya “D” guruhi peshqadamiga aylanib oldi.
Izoh (0)