Egey va Yunon dengizini bog‘lovchi kanal dunyodagi eng tor kema o‘tkazuvchi kanal hisoblanadi. Uning qurilishi miloddan avvalgi VII asrda boshlanib, XIX asrning oxiriganiga kelib tamomlangan. Antik davr hukmdorlari bu kanalni qurishni orzu qilgan, 1944-yilda esa chekinayotgan fashistlar uni vayron qilishiga bir bahya qolgan, deb hikoya qiladi TravelAsk.
Bu kanalni qurish orqali Egey dengizidagi Saroni bo‘g‘ozidan Yunon dengizidagi Korinf ko‘rfaziga o‘tish uchun 400 kilometrni qisqartirish mumkin bo‘lgan.
Uzoq asrlar davomida yakunlanmagan qurilish XIX asr oxoriga kelib o‘z nihoyasiga yetgan. Kanalning rasmiy ochilishi 1893-yilning avgust oyida 12 yillik qurilish ishlaridan keyin bo‘lib o‘tgan.
Korinf kanalining devorlari balandligi 76 metrni tashkil qilsa, dunyodagi eng tor bo‘lgan kanalning eni 21 metrga teng hamda u orqali reversiv harakat tashkil qilingan. Kemalar kengligi bo‘yicha ham cheklov mavjud: yirik kemalar tor kanal orqali o‘ta olmaydi. Mavjud kamchilikka qaramasdan, Korinf kanali orqali yiliga 15 mingtagacha kema o‘tadi.
Kanal orqali bir nechta avtomobil va temiryo‘l ko‘priklari o‘tkazilgan. Ekstremal sport ishqibozlari esa kanalda tez-tez musobaqa va tadbirlar uyushtiradi.
Izoh (0)