TravelAsk baliqchi va fotograf Kori Arnoldning dengizga sayohatlari davomida olgan suratlarini taqdim qildi.
Kori Arnold AQShning quyoshli Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U bolaligidan otasi bilan baliq oviga borishni yoqtirar edi. Arnold Arizona universitetida tahsil olib, san’at yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Biroq u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamadi, aksincha hamma uchun kutilmaganda Alyaskaga ketdi va baliq ovi bilan shug‘ullanish uchun kemaga yollandi. Shunday qilib bolalikdagi qiziqishlari uning kasbini belgilab berdi.
Korining yana bir qiziqishi bor — fotografiya. U kemada juda ko‘p sayohat qilgan, biroq ochiq dengizda necha kunni o‘tkazmasin, u kamerani qo‘ldan qo‘ymadi. Hozirda Kori Arnold dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va o‘zi olgan suratlarining ko‘rgazmalarini tashkil qiladi. Arnoldning so‘zlariga qaraganda, u tijorat va ekologiya birgalikda mavjud bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqchi. Shuningdek, Arnold dengiz mahsulotlarining do‘konlar rastalariga qanday qilib yetib kelishini suratlari orqali tushuntirib beradi.
Izoh (0)