Ramazon hayiti namozi Toshkent shahrida shu yil 15-iyun kuni, ertalabki soat 05:10 da o‘qiladi. Qolgan hududlarda taqvim kitoblaridagi hududlarda namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda ado etiladi. Bu haqda “Muslim.uz” xabar beradi.
Mamlakatning turli hududlarida joylashgan jome masjidlarda shu kuni Hayit namozi o‘qiladi.