Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda Ozarbayjon madaniyati haftaligi boshlandi, deb yozmoqda Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Haftalik Ozarbayjonning 100 yilligi va 15-iyun — Millat ozodligi kuniga bag‘ishlangan. Tadbir O‘zbekistondagi Gaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ozarbayjon madaniyati haftaligining ochilishi Hamid Olimjon nomidagi musiqiy drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Gaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyati markazi rahbari Samir Abbosov Ozarbayjonda 2018-yil Ozarbayjon demokratik respublikasi yili deb e’lon qilinganini ma’lum qildi. Abbosov haftalik doirasida Samarqandda milliy musiqa konserti, modalar namoyishi, film taqdimotlari, fotoko‘rgazma va kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, Abbosov Samarqand kutubxonalariga Baku va Toshkentda ozarbayjon va o‘zbek tillarida nashr qilingan kitoblar taqdim qilinishini ta’kidladi.

Tantanali marosimda “Asl”, “O‘zbegim yoshlari” musiqa jamoalari o‘zbek va ozarbayjon musiqasini ijro qildi. Ozarbayjon madaniyati markazining xoreografiya guruhi milliy raqslarni taqdim qildi. Kitoblar ko‘rgazmasi va fotoko‘rgazma tashkil etildi. Milliy kiyimlar kolleksiyasi namoyish etildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi