AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In unga strategik fikrlovchi “hazilkash va juda aqlli yigit” bo‘lib ko‘ringanini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“U hazilkash va juda, juda aqlli. U juda yaxshi muzokarachi, u strategik fikrlovchi yigit”, — dedi Tramp.
U Kim Chen In bilan darhol til topishib ketganini qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi haqida ilgari aytgan gaplaridan bosh tortib o‘tirmadi. Uning fikricha, ularsiz Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar amalga oshmasligi mumkin edi. Ayni vaqtda, Amerika prezidenti tajovuzkor gaplarni aytish chog‘ida o‘zini ba’zan “ahmoqona” his qilganini, ammo buni davom ettirish zarur deb hisoblaganini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)