• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sherzod Shermatov chet elda o‘qigan yoshlar O‘zbekistonda ishga kirganidan keyin hafsalasi pir bo‘lishi sabablarini izohlab berdi

    O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida “Davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etish va ularning chet elga ketib qolishi oldini olish uchun nima qilish kerak?” degan masalani ko‘tardi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Vazir o‘rinbosari “Umid” fondi orqali chet elda o‘qib qaytgan umidchilar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tilga oldi.

    “Chet elda ta’lim olgan ko‘pchilik yoshlar O‘zbekistonga qaytib kelgandan keyin turli xil sabablar tufayli davlat ishini tashlab, hatto chet elga qaytib ketib qolgan edi. Albatta, ularning orasida chet eldagi yangi ochilgan yaxshi imkoniyatlar mahliyo etib qolib ketganlari ham bo‘lgan, lekin aksariyati o‘qishni bitirib yaxshi niyat bilan O‘zbekistonning rivojiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida qaytgan”, — deb yozadi Sherzod Shermatov.

    U umidchilar davlat ishiga kirganidan keyin, ko‘pchiligining hafsalasi pir bo‘lib, bu ishni tashlab ketgani sabablariga to‘xtalib o‘tdi:

    1. Umidchilar o‘qishni bitirib kelgach, aksariyat hollarda ular mutaxassisligi va xohishiga qarab emas, balki komissiyaning qaroriga qarab ish joylariga taqsimlangan. Masalan, Fond bozorida derivativlarni boshqarishni o‘qib kelgan mutaxassis viloyat hokimiyatiga jo‘natilgan. Derivativlar esa hatto hozirgi kungacha Toshkentdagi Fond birjasida ham joriy etilmaganligini inobatga olsak, bu “raspredeleniye” (taqsimlash)ning qanchalik xato ekanini tushunsa bo‘ladi.

    2. Umidchi borgan ishxonasida oylik maosh pastligi, sharoit yo‘qligi esa oilani halol boqish uchun boshqa ishlarni izlashga undagan. Undan tashqari uni mutaxassis sifatida qabul qilmasdan, balki o‘ziga xavf sifatida ko‘radigan rahbarlarga duch kelgani esa eng katta salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bunday holatda uning rahbari imkoni boricha bu mutaxassisga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lib, uni boshqa xodimlar orasida kamsitib, topshiriqlarning muddatida bajarilishiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmasdan “podstavka” qilish darajasigacha borgan. Shuning uchun ham, bu kabi mas’uliyatsiz, ig‘vogar va yolg‘onchi “rahbar”lar tufayli boshida juda katta niyatlar bilan O‘zbekistonga qaytib kelib mamlakatimiz rivojiga chin dildan o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘pchilik umidchilarning umidi puchga chiqqan.

    Vazir o‘rinbosarining fikricha, hozirgi kunda davlat ishida faoliyat yuritib kelayotgan va yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan umidchilarning aksariyatining omadi aynan u ishlayotgan joyida uni mutaxassis sifatida qadrlaydigan rahbarga uchragani tufaylidir. Bunday rahbarlar ularga qo‘shimcha sharoit ham yaratib bergan va imkoni boricha qo‘llab kelgan.

    “Prezidentimiz tomonidan bugungi kunga kelib, malakali mutaxassislarning nafaqat chet elga chiqib ketishlarining oldini olish, balki chet elda yurgan hamyurtlarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha vazifa belgilangan va bu yo‘nalishda qator davlat tashkilotlari ishlayotganini inobatga olib, ular aynan ushbu xatolarni qaytarmaslik choralarini belgilashlari zarur.

    Bu yerda yana bir muhim omilni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. Avvalgi “umidchilar” yangi bitirib kelgan, chet davlatda bor-yo‘g‘i o‘qishi davomida yashagan yoshlar bo‘lsa, bugun biz chet davlatlardan qaytishini istayotgan yurtdoshlarimiz bugunga kelib, chet davlatda nufuzli tashkilotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, uzoq yillar mobaynida yaxshi shart-sharoitlarda yashab, ishlab va yana katta daromad topayotgan tayyor kadrlardir. Tabiiyki ularga nisbatan muomala va e’tibor ham u ishlab kelgan davlatnikiga sal bo‘lsada mosroq bo‘lishi kerak.

    Jumladan:

    1. Malakali mutaxassislarni lavozimga tayinlayotganda uning qobiliyati va tajribasidan kelib chiqib ish tutish va unga tegishli sharoit yaratish;
    2. Ishxonadagi rahbarlarining axloqiy to‘g‘riligi hamda qanchalik bu mutaxassis ushbu rahbar ostida yaratilgan muhitga mos kelishini oldindan tahlil qilish. Ahloqsiz, eskicha fikrlaydigan rahbarning qo‘l ostiga zamonaviy dunyoqarashga ega mutaxassisni tayinlab qo‘ysa, aksariyat holatda u bunday degradatsiyani istamasa ishini tashlab ketishga majbur bo‘ladi;
    3. Lavozimga tayinlanganidan keyin ham ularning ushbu muhitga qanday moslashayotgani, ularning takliflari qanchalik hayotga joriy etilayotganini tizimli ravishda monitoring qilib borish. Agarda ushbu idorada uning rahbari qo‘l ostidagi yangi mutaxassislarga “qo‘lingdan hech narsa kelmaydi, chet elda o‘qidi yoki ishladi degani aqlli degani emas”, “ya nachalnik, ti durak” qabilida o‘zini tutadigan bo‘lsa, unday rahbarga tegishli choralar ko‘rish yoki darhol chet eldan kelgan mutaxassisni unday nosog‘lom muhitdan ajratib, jamiyatga kattaroq foydasi tegadigan joyga o‘tkazish zarur bo‘ladi.
    Aks holda, Prezidentimiz tashabbusi bilan qanday mashaqqatlar bilan xorijdan taklif qilingan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga kelganidan pushaymon bo‘lib yana chet elga qaytib ketadigan bo‘lsa, ushbu siyosatning imijiga juda salbiy ta’sir qilishi turgan gap. Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan tuzilgan “Umid” jamg‘armasidan ham umidlar katta edi, lekin joylardagi ijrochi “rahbarcha”larning mas’uliyatsizligi va ba’zi holatlarda haqiqiy zararkunandaligi tufayli, shuncha sarmoyalar evaziga shakllangan tayyor yuqori malakali kadrlar davlat xizmatini tashlab ketishlariga sabab bo‘lgan”, — deb yozdi Sherzod Shermatov.

    “Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, davlat va jamiyat boshqaruvida innovatsiyalarni joriy etish uchun eng asosiy omil aynan yuqori malakali kadrlarni jalb etish. O‘zini hurmat qilgan yuqori malakali kadr esa o‘z qadrini bilgani tufayli tushunmaydigan rahbar bilan uzoq muddat birga ishlay olmaydi. Natijada ushbu kadrni tayyorlash (yoki qaytarish) uchun sarflangan qanchadan-qancha sarmoya bekorga sarf bo‘lgan bo‘ladi.

    “Nima, chet elda o‘qigan bo‘lsa shoxi bormi, nega ularga alohida e’tibor qaratish kerak ekan?” — deyilishi ham mumkin. Lekin hozirgi globallashuv davrida chet el diplomiga va ish tajribasiga ega odam istalgan davlatda yuqori maoshli yaxshi lavozimlarda ishlash imkoniyatiga ega va shuning uchun unday mutaxassisga alohida e’tibor qaratishga majburmiz. Yetarli malakasiz hamda faqat “xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin” yoki “ikki karra ikki siz aytgan son bo‘ladi” deb, o‘zining fikriga ega bo‘lmagan “mutaxassis”lar bilan mamlakatimiz rivoji bo‘yicha qo‘yilayotgan yuqori marralarga erishishning imkoni yo‘q”, — deya xulosa qildi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.

    13.06.2018, 11:11   Izoh (0)   48539
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi qabristonlarda ehson qutilarini tunagan o‘g‘ri ushlandi

    13.06.2018, 10:20

    Anvar qorining janozasi “Minor” masjidida o‘qiladi

    13.06.2018, 09:49

    Mudofaa vazirligi Ramazon hayiti arafasida “Obod harbiy shaharcha” aksiyasini o‘tkazdi (foto)

    13.06.2018, 09:39

    O‘zbekistonning 2 mlnga yaqin fuqarosi mehnat muhojiri sifatida ro‘yxatdan o‘tgani qayd etildi

    13.06.2018, 09:10

    O‘zbekistonda sayyohlar o‘lchovli oltin yombilarni sotib olishi mumkin bo‘ladi

    13.06.2018, 09:05

    O‘zbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzoladi

    13.06.2018, 08:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.