Hozirgi kunda AQShda bo‘lib turgan Murodjon qori Kabirov kuni kecha O‘zbekistonning Vashington shahrida joylashgan elchixonasida tashkil etilgan iftorlik tadbirida ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Murodjon qoriga tadbirda Turkiston – Amerika jamiyati rahbari hamrohlik qildi. Iftorlik dasturxonida AQShdagi boshqa elchixona vakillari ham mehmon bo‘ldi.
Izoh (0)