O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik tufayli qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekistondan chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilganligini tekshirish tizimini sinov tariqasida ishga tushirdi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda qarzdorlikni aniqlash uchun fuqaroning pasport seriyasi va raqami, shuningdek, familiyasi, ismi hamda sharifi kitirilishi lozim.
Mazkur havola orqali istalgan fuqarolar ushbu xizmat turidan foydalanishlari mumkin.
Izoh (0)