O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3589–son qaroriga muvofiq O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi huzurida Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etildi.
Endilikda avtomobil transporti tizimida faoliyat yuritish ishtiyoqida bo‘lgan nomutaxassis xodimlar institutning qayta tayyorlash kurslarini bitirib, maxsus diplom asosida avtomobil transporti korxonalarini tashkil etishi hamda faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti avtomobil transporti tizimida faoliyat olib borayotgan nomutaxassis xodimlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslariga taklif etadi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
“Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti”.
Manzil: Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi 107-uy.
Telefonlar: (371) 267-63-32; (371) 267-63-50; (95) 196-44-43
Veb sayti: http://avtoilm.uz/
Reklama huquqi asosida!
Izoh (0)