Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro B. fuqaro Yo.ga Damas Labo rusumli avtomashinani “ToshkentDEU” avtosalonidan olib berishni va’da qilib, o‘g‘li X. nomiga rasmiylashtirilgan qalbaki shartnomani tayyorlab bergani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
U buning uchun 500 AQSh dollari va 61,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)