Ramazon Hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018-yilda Ramazon Hayitining birinchi kuni 15-iyun juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, 2018-yilning 15—17-iyun kunlari, ya’ni Ramazon Hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan, mutasaddi idoralarga Ramazon Hayitini joylarda o‘zbek xalqining milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada o‘tkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklandi.
Izoh (0)