Sputnik dunyodagi eng katta maosh oluvchi prezidentlar reytingini tuzdi.
Shveysariya prezidenti Alen Bersening maoshi eng ko‘p deb topildi — 36 400 dollar. Ikkinchi o‘rinda 33 500 dollar oylik bilan Donald Tramp joylashdi. Uchinchi o‘rinda — 27 000 dollar maosh bilan Yangi Zelandiya general-gubernatori Petsi Reddi.
Yuqori beshlikka Lyuksemburg bosh vaziri Ksavye Bettel (26 000 dollar) va Irlandiya yetakchisi Maykl Xiggins (23 000 dollar) ham kirdi.
Shuningdek, ro‘yxatdan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron (21 200 dollar), Germaniya kansleri Angela Markel (20 500 dollar), Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In (13 500 dollar) va Rossiya prezidenti Vladimir Putin (11 000 dollar) joy oldi.
Turkiya prezidentining maoshi 10 000 dollarni tashkil qiladi. Reytingning so‘nggi 15-pog‘onasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 8 824 dollar maosh bilan joylashdi.
Izoh (0)