Aktyor va rejissor Azamat Ahrorovning yangi filmi tomoshabin hukmiga havola etildi, deb yozadi MyDay.
Film taqdimotiga ijodiy jamoa bilan birga Lutfulla Sa’dullayev, Muqaddas Sa’dullayeva, Kaniza, “Shod” guruhi, Umid va Muhammadali Iskandarov, Shavkat Komilov, Ozod Shams va boshqa ko‘plab taniqlilar tashrif buyurdi.
Mazkur film namoyishidan avval “Shod” guruhi, Kaniza, Yusufxon Nurmatov o‘zlarining qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdi.
Film melodrama janrida bo‘lib, muhabbat va uning kuch-qudrati haqida hikoya qiladi. Film yaratilishiga ikki yil sarflangan. Filmning rejissori va ssenariy muallifi Azamat Ahrorov. Shuningdek, kartinada bosh rolni uning o‘zi ijro etgan.
Saida Rametova, Matyoqub Matchonov, So‘g‘diyona Azimova, Anvar Azimov va yangi chehralardan Nigina bu filmda qiziqarli obrazlarni yaratgan.
Izoh (0)