Avval xabar berganimizdek, joriy yil 1-iyun kuni To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji ikkinchi va uchinchi bosqich o‘quvchilari orasida yuz bergan mojaro oqibatida 19 yashar o‘smir hayotdan ko‘z yumdi. “Yoshlar” telekanaliga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Gumonda bo‘lgan 5 nafar o‘quvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Ular namunali oilalar farzandlari bo‘lgani, oldin nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etmagani bildirilmoqda.
Hodisadan so‘ng kollej direktori, uning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixolog, amaliyot rahbari va yoshlar yetakchisi o‘z vazifalariga noloyiq deb topildi.
Izoh (0)