Kecha, 8-iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida 4—5 ta avtomobilni sel oqizib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Noxush hodisa “Toshkent—O‘sh” yo‘lining 225-kilometrida, 8-iyun kuni soat 21:05 da sodir bo‘lgan. Dovonda avtomobillar harakati 22:15 dan boshlab to‘xtatilgan va bugun, 9-iyun soat 8:00 dan harakat qayta tiklangan.
“Sel 4—5 ta mashinani oqizib ketdi. Ikkita avtomobil 10—15 metr qiyalikka oqib ketgan. Ikki kishi yengil tan jarohati olgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)