Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo (ERI) olishda to‘lov narxi arzonlashtirildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Endilikda jismoniy shaxslar ERI olish uchun avvalgidek eng kam ish haqining 10 foizi (17 224 so‘m) miqdorida emas, 7 foiz (12 056 so‘m) to‘lovni amalga oshiradi. Boshqa toifalarda narx o‘zgarishsiz qoldi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ERI bepul beriladi.
Shuningdek, respublikaning 14 hududidan bittadan tuman belgilab olingan bo‘lib, ushbu tuman aholisiga elektron raqamli imzo bepul beriladi (masalan, Toshkent shahrida Yunusobod tumani).
Izoh (0)