Filippinda yuk mashinasi erkakning boshini bosib o‘tib ketgani va uning tirik qolgani aks etgan video olingan. Bu haqda The Sun’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, skuterdagi erkak yuk mashinasini quvib o‘tish uchun yo‘l chetidan yurgan. Biroq skuter g‘ildiraklari yo‘l bordyuriga urilib, bayker kelayotgan yuk mashinasi ostiga yiqilgan.
Haydovchi to‘xtashga ulgurmagan, natijada yuk mashinasi baykerning boshini bosib o‘tgan. Biroq omadi kelib, boshidagi himoya shlemi uni qutqarib qolgan. Natijada bayker omon qolgan va hattoki yiqilgan joyidan turgan.
Uning orqasida kelayotgan haydovchilar “Tez yordam” chaqirtirgan. Baykerning jarohat olgani haqida ma’lumotlar hozircha taqdim qilinmagan.
Izoh (0)