7-iyun kuni taxminan soat 19:00 da Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida yonilg‘i tashuvchi mashina yonib ketdi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri ma’lum qildi.
Aytilishicha, Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi bo‘limiga 19:12 da xabar kelgan. Oradan yetti daqiqa o‘tib, 19:19 da hodisa joyiga ikki o‘t o‘chirish mashinasi yetib kelgan.
Jabrlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)