Bugun, 7-iyun sanasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tur doirasida “Paxtakor” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi Toshkent derbisi bo‘lib o‘tishi lozim edi. “Lokomotiv” futzal jamoasi “Yoshlik” zaliga tashrif buyurdi, biroq 3 oydan buyon maosh olishmayotgani sabab uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdi va ish tashlash e’lon qildi, deb yozadi “Championat.asia”.
Avvalroq PFL futzal, ayollar va U18 jamoalariga bee’tibor bo‘lgan Superliga klublari qattiq jazolanishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Shu boisdan “Lokomotiv”ga texnik mag‘lubiyat yozildi. Ma’lumot uchun “Lokomotiv” bu mavsum 20 ta uchrashuv o‘tkazib 7 ta g‘alaba, 4 ta durang va 9 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 25 ochko jamg‘argan jamoa musobaqa jadvalida 12 ta klub orasida 8-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)