5-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalari muhokama qilindi, O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini faollashtirishning amaliy masalalari, jumladan, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar va tashriflar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)