Toshkent viloyatida “bedarak yo‘qolgan” erkakning jasadi o‘z uyidan topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
2017-yil 19-sentabrda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, 16-sentabr kuni turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qiladi.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida “bedarak yo‘qolgan” erkakning jasadi o‘z uyidan topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, marhumning uyida yollanib ishlagan, muqaddam sudlangan B.S. uy bekasi bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 17-sentabr kuni H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldiradi. So‘ngra ikkisi birgalikda jasadni hovliga ko‘mib yuboradi.
B.S. va Z.A. qo‘lga olindi.
Izoh (0)