TravelAsk Fransiyalik fotograf Romen Jake-Lagrening “Beton haqida hikoyalar” fotoloyihasini taqdim qildi.
Jamlanmada Gonkong tomlaridagi odatiy kundalik hayot aks etgan. Suratlarda siz birorta ham sahnalashtirilgan kadrni ko‘rmaysiz. Jake-Lagrening so‘zlariga qaraganda, ayrim suratlarni olish uchun u uzoq vaqt kutishiga to‘g‘ri kelgan. Uning maqsadi shahar sharoitida yashaydigan kishilar madaniyatini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan.
“Bu jamlanma nihoyatda omadli boshlangan. 2014-yilning tonglaridan biri edi, men yangi fotoloyiha uchun g‘oya izlab tomga chiqdim. O‘sha kuni osmon nihoyatda tiniq, quyosh endigina shaharni yoritishni boshlagan edi. Shu paytda yonimdagi tomda nimadir qimirlaganini payqadim. Tikilib qarasam, kimdir antenna tuzatayotgan ekan. Men bu holatni darhol suratga tushirib oldim”.Romen Jake-Lagre
Izoh (0)