Oleg Ternovoy (Terry) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil qilingan “Pesni” shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik qo‘shiqchi tanlovda “Domofon” va Yegor Krid bilan juftlikda aytilgan “Mega” nomli qo‘shiqlari bilan tomoshabinlar yodida qoldi. O‘z g‘alabasini esa onasiga bag‘ishladi.
Ternovoyga 5 million rubl mukofot beriladi va u yana bir o‘zbekistonlik — MC Doni kabi Timatining Black Star leybli bilan shartnoma imzolaydi.
Professional xonanda bo‘lmagan Oleg Ternovoyning ushbu tanlovda g‘alaba qozonishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. U oldin Toshkent rus dramatik akademik teatri artisti hamda tez yordam feldsheri bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)