Avval xabar berilganidek, joriy yilning 7-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkent—Istanbul—Madrid—Montevideo yo‘nalishi bo‘ylab Urugvay poytaxtiga yetib bordi. Terma jamoa delegatsiyasi a’zolari Montevideo shahridagi Raddison Montevideo Victoria Plaza mehmonxonasiga joylashdi, deb yozadi O‘FA matbuot xizmati.
Urugvayga qarshi uchrashuv 7-iyundan 8-iyunga o‘tar kuni Toshkent vaqti bilan tong sahar — soat 04:00 da boshlanadi.
Izoh (0)