Meksikada avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda 3-iyun, yakshanba kuni Excelsior nashri xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Mexiko shtati yo‘lida yuk mashinasi bilan ro‘paradan to‘qnashgan. Avariyaga yuk mashinasi tormozining ishdan chiqishi sabab bo‘lgan.
To‘qnashuvdan so‘ng har ikkala transport vositasi jarga qulagan. Oqibatda avtobus yo‘lovchilari yuk mashinasi parchalari ostida qolib ketgan.
Izoh (0)