Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramosga noma’lum shaxslar telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda.
Cope’ning yozishicha, so‘nggi bir necha kun davomida Ramos va uning oila a’zolari noma’lum kimsalar tomonidan o‘ldirish borasida qo‘ng‘iroqlar hamda xabarlar qabul qilib olgan.
Qayd etilishicha, qo‘ng‘iroqlarga Yevropa Chempionlar Ligasi final o‘yinidagi holat sabab bo‘lgan. “Qirollik klubni”ning 32 yoshli himoyachisi uchrashuv vaqtida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bilan to‘qnashib ketishi natijasida misrlik yelkasidan jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.
“Real” esa “Liverpul” ustidan 3:1 hisobida ustun kelib, qatorasiga 3-marta YChL kubogini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)