“Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello “Qirollik klubi”ning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishi borasidagi gap-so‘zlarga munosabatini bildirdi, deb yozadi “Sports.ru”.
“O‘ylashimcha, Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytib, Mourinyo qo‘l ostida o‘ynashni xohlamoqda. Uning ketishi natijasida jamoaga yangi to‘purar kerak bo‘ladi. Ayni vaqtdagi yagona variant esa Robert Levandovskidir”, — deydi Kapello.
Ma’lumot uchun Chempionlar Ligasidagi ketma-ket 3-g‘alabadan so‘ng Krishtianu jamoani tark etishiga shama qilgan edi.
Kecha, 31-may sanasida esa “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan edi.
Izoh (0)