Xitoyda 2014-yilning sentabr oyidan 2017-yilning dekabr oyigacha yadro portlashiga o‘xshatish bo‘yicha taxminan 200 ta sinov o‘tkazilgan. Bu borada Xitoy AQShning ko‘rsatkichlaridan oshib ketgan, bu esa yagi qurol ustida ish olib borilayotganini ko‘rsatadi, deb yozmoqda South China Morning Post.
Nashrning yozishicha, so‘nggi uch yilda XXRda yadro portlashini o‘xshatish bo‘yicha har oyda o‘rtacha beshta sinov o‘tkazilgan. AQShda esa bu borada 10 yil ichida 150 ta sinov o‘tkazilgani ma’lum. Laboratoriyada o‘tkazilgan bunday sinovlarda kuchli gaz zambaraklari qo‘llanilgan va ular maxsus tayyorlangan nishonlarga otilgan.
Xitoylik ekspert Van Chuanbinning fikricha, Xitoy shu tariqa yadro texnologiyasida AQShdan ortda qolgan jihatlarini tenglashtirib olishni xohlamoqda.
Yadro portlashlar imitatsiyasi ko‘p qatlamli snaryadni soatiga 30 ming kilometr tezlikda uchira oladigan vodorod zambaragini ishlatishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)