Ko‘plab futbol muxlislari Chempionlar Ligasi finalidagi bahsda Serxio Ramos ataylab Muhammad Salohga jarohat yetkazdi deb hisoblamoqda.
Internet tarmog‘ida esa UEFA va FIFA nomiga “Real” himoyachisini jazolash borasida petitsiya joylashtirildi, deb yozadi FootballHD.
Petitsiya muallifiga ko‘ra, Ramos Salohga ataylab jarohat yetkazgan. Hozirga qadar petitsiyani 183 576 kishi imzolab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun YChL final uchrashuvida Ramos va Salohning to‘p uchun kurashida misrlik futbolchi yelkasidan jarohat olib, maydonni birinchi bo‘limning o‘zidayoq tark etgandi. O‘sha paytda hisob 0:0 ko‘rinishida bo‘lib turgandi. O‘yin esa 3:1 hisobida madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)