Apple kompaniyasi ayni vaqtda Star nomi ostidagi yangi qurilmalar ustida faol ish olib bormoqda. Bu birinchi ARM protsessorli MacBook va iOS asosidagi birinchi noutbuk bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Hi-tech Mail.Ru” xabar berdi.
Star loyihasi ayni vaqtda namuna bosqichida bo‘lib, Apple’ning Xitoydagi hamkori bo‘lgan Pegatron ixtiyorida turibdi. Bir nechta qurilma Kupertinoga Apple xodimlari tomonidan tekshirish uchun jo‘natilgan. Namunalarning 2018-yil yanvar oyidan buyon ishlab chiqirishda ekanligi aytilmoqda.
Qurilma sensorli ekranga, SIM karta uchun slotga, GPS, kompas, suvdan himoyalagichga, shuningdek, Mac kompyuterlarida ishlatiladigan EFI (Extensible Firmware Interface) tizimiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)