21-may kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi “Sohibkor” mahallasi hududida joylashgan dala maydonidan A.X.ning bo‘yin va o‘ng ko‘krak qismiga pichoq urilgan holdagi jasadi topilgan edi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“Guliston” mahallasining “Olmos” ko‘chasida yashagan A.X tumandagi fermer xo‘jaliklaridan biriga rahbarlik qilgani bildirilmoqda.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Sohibkor” mahallasida yashovchi R.U. o‘zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlandi.
Qotillikda gumon qilinayotgan R.U. qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)