Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi qarori bilan Moliya vazirligi G‘aznachiligi vazirlikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish bo‘yicha yagona organ etib belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanaliga asoslanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shuningdek, budjet tashkilotlari vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga o‘zlari mustaqil yoki o‘z xohishlari bilan G‘aznachilik bo‘linmalariga buyurtnomalar taqdim etish yo‘li bilan joylashtirilishi mumkin.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan depozitlarga mablag‘larni joylashtirish mumkin bo‘lgan banklar tanlov asosida aniqlanadi.
Davlat budjeti mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga bir moliya yili doirasida, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shuningdek, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari esa 12 oygacha muddatda joylashtiriladi.
Davlat budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishga olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
- 80 foizi – respublika budjeti daromadiga;
- 20 foizi – moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarning moddiy rivojlantirish jamg‘armasiga.
- shartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi;
- har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0, 033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Izoh (0)