Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya veterinar va fitosanitar nazorat bo‘yicha federal xizmati (“Rosselxoznadzor”)ning Novosibirsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektorlari “Karasuk” fitosanitar nazorat postida umumiy og‘irligi 170 tonnaga teng karantin ostidagi mahsulotlarni ushlab qoldi. Bu haqda “Rosselxoznadzor” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Yuqori fitosanitar xavfga ega mahsulotlar partiyalari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidan Novosibirsk, Novokuznetsk va Krasnoyarsk bozorlarida sotish uchun avtomobil transportida olib ketilayotgan edi.

Ular orasida O‘zbekistonning 23 tonna gilosi va 17 tonna o‘rigi bo‘lib, yuk markirovkasidagi axborot fitosanitariya hujjatidagi ma’lumot bilan muvofiq bo‘lmagan.

Yuklarning barchasi jo‘natuvchilarga qaytarib yuborildi, aybdor shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”