MDH Ukraina vakillarini Hamdo‘stlikdagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarga taklif qilishni davom ettiradi, bu Kiyev rasmiy ravishda ushbu tashkilotning bir qismi bo‘lishdan to‘xtaguniga qadar davom etadi. Bu haqda MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedevga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Biz shubhasiz, majlislarga Ukrainani chaqirishni davom etamiz, chunki Ukraina ayni vaqtda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tarkibida. Biz ko‘p bora MDH davlatlari tarkibida chiqish borasidagi bayonotlarni eshitganmiz. Shunga qaramay MDHning ijroiya qo‘mitasiga bu borada hech qanday rasmiy hujjat kelib tushmagan”, — deydi Lebedev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilotga a’zo boshqa davlatlar Ukrainaning MDHdan chiqishini taassuf ila qabul qiladi, chunki “bizni ko‘p yillik iqtisodiy, madaniy va shunchaki insoniy tushunchalar bog‘lab turadi”.
Izoh (0)